Hokim va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot
Jizzax shahar hokimi va sektorlar rahbarlari xorijda mehnat qilayotgan jizzaxlik yoshlar bilan onlayn tarzda va shaharlik yoshlar bilan yuzma-yuz ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, yangi-yangi ish o‘rinlari yaratilayotgani va ijtimoiy dasturlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Muloqot davomida migrant yoshlar ham, uchrashuvda qatnashgan yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi.
[gallery-20176]
Shuningdek, xorijda migratsiyada bo‘lgan yoshlarning O‘zbekistonga qaytib kelishi va o‘z shahrida ular uchun yangi ish o‘rinlari va yaxshi imkoniyatlar yaratilishi uchun qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari ham muhokama qilindi.
Bu kabi uchrashuvlar orqali yoshlarning Yangi O‘zbekistonning ravnaqiga va o‘z kelajagiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularni yanada rag‘batlantirish maqsad qilinganligini ta’kidlab o‘tish joiz.
Hokim va sektorlar rahbarlari ishtirokidagi bunday muloqotlar har hafta bir marotaba shahardagi mahalla yoshlari va migratsiyadagi jizzaxlik yoshlar o‘rtasida tashkil etilishi belgilab qo‘yilganligi alohida tahsinga loyiq.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari