Hindiston Afg‘oniston bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi
10 noyabr kuni Hindistonda mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha muloqot o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Yig‘ilishga Hindiston milliy xavfsizlik agentligi vakili Ajit Doval raislik qiladi. Rossiya, Eron, Xitoy, Pokiston, O‘zbekiston va Tojikiston vakillari ham taklif etilgan.
Bu uchrashuv chog‘i Afg‘onistonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan masalalar muhokama etilishi kutilmoqda.
Pokiston bu formatdagi avvalgi uchrashuvlarda qatnashmagan va kelasi haftadagi yig‘ilishda ham qatnashish taklifini rad etgan. Pokistondan tashqari Xitoy ham bu taklifga javob bermagan.
Ma’lumot o‘rnida, 2018 yil sentyabr va 2019 yil dekabr oylarida uchrashuvlar Eronda bo‘lib o‘tgan edi.