Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas
3 Dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Yakkabog‘ tumanidagi “Saxovat” internat uyida istiqomat qilayotgan 141 nafardan ortiq keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga homiylar va tuman hokimligi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Yakkabog‘ tumani hokimi, Qashqadaryo viloyati Bojxona boshqarmasi, Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti Shahrisabz filiali professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda O‘zbekiston Respublikasi “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondi Qashqadaryo viloyati hududiy muassasasi vakillari ishtirok etdi. Keksalar va nogironlar uchun bayram dasturxoni bezatilib, sovg‘alar topshirildi.


El sevgan xonanda Bahodir Xolmurodov hamda tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Ma’lumot o‘rnida joriy yilning 30 noyabridan 30 dekabriga qadar “Mehr-muruvvat oyligi” o‘tkaziladi.



O‘lmas Barotov, O‘zA.