Hazoraspda ijtimoiy ob’ektlardagi qurilish ishlari holati o‘rganildi
FOTOREPORTAJ
Hazorasp tumanida barpo etilgan zamonaviy yopiq suzish havzasi hamda «Tashabbusli byudjet» loyihasining 2026-yilgi 1-mavsumi doirasida g‘olib deb topilgan va qurib bitkazilgan ob’ektlardagi qurilish-ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ob’ektlarda yaratilgan shart-sharoitlar, qurilish va obodonlashtirish ishlarining sifati, bajarilgan ishlar hajmi hamda mavjud kamchiliklar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ob’ektlarning foydalanishga tayyorligi, belgilangan vazifalar ijrosi va aholi uchun qulay sharoitlarni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Jarayonda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
[gallery-31475]
Shuningdek, ob’ektlarni belgilangan talablar asosida foydalanishga topshirish, ulardan samarali foydalanish va aholi manfaatlariga xizmat qilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarning vazifalari belgilab berildi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA