Hasanboy Do‘smatovning qo‘li baland keldi
Toshkentda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz boks federatsiyasi bilan bir qatorda “Matchroom Boxing” promouterlik kompaniyasi va “DAZN” platformasi va boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan boks kechasi davom etmoqda.
Kechaning Hasanboy Do‘smatov va Muhsin Kizota (Tanzaniya) o‘rtasida o‘tgan bellashuvda iste’dodli bokschimiz raqibini ikkinchi raundda muddatidan oldin yengdi.

Eslatib yetamiz, “Humo Arena” ko‘p tarmoqli muz saroyida o‘tayotgan professional boks kechasida Iqboljon Xoldorov va Sanjar Tursunov navbatdagi g‘alabasini nishonladi.
Жавоҳир ТОШХЎЖАЕВ, Анвар ИЛЁСОВ(сурат), ЎзА