Hasanboy Do‘smatov “Parij-2024”ning yarim finalida
Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks musobaqalarida vazni 51 kilogrammgacha bo‘lgan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov chorak final bosqichida ringga ko‘tarildi.
Hasanboy ushbu vazn toifasida yarim final yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Saken Bibossinovga qarshi jang qildi. Ikki mahoratli bokschilar bahsida vakilimiz ishonchli tarzda zafar quchdi.
Shu tariqa, H.Do‘smatov o‘zining ikkinchi Olimpiadasida yana bir medalni naqd qildi. Ammo ushbu medal qanday turda bo‘lishi 4 avgust Kabo-Verde sharafini himoya qilayotgan Daniel David Varela de Pinaga qarshi o‘tadigan bahsdan so‘ng yanada aniq bo‘ladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA