Harbiylar va yoshlar uchrashuvi
FOTOREPORTAJ
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kogon tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shoiri ostida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimligi, tuman Mudofaa bo‘limi, “Veteran” jamiyati a’zolari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, mahallalarning uyushmagan yoshlari, harbiy qism xizmatchilari hamda Vatan sarhadlarida xizmat burchini ado etgan faxriylar ishtirok etdi.
[gallery-21179]
Tadbirda yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, yoshlarning ma’naviy-ruhiy kamoloti, jamiyatimiz buguni va kelajak hayotida ularning tutgan o‘rni haqidagi ma’ruzalar, harbiy qismlarda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, askarlarning harbiy tayyorgarligi, o‘quv mashg‘ulotlari jarayonlari, harbiy kasb mas’uliyati xususida so‘z yuritildi.
Harbiy qism askarlarining harbiy texnika va jangovar qurollardan foydalanish borasidagi ko‘rgazmali chiqishlari, yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqot yosh avlodda harbiylikka bo‘lgan qiziqishni, ona Vatanga muhabbat va sadoqatni yanada yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA