Harbiy yordam berish davom etadi...
Rossiya-Ukraina
AQSH Prezidentining milliy masalalar bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan va Qurolli kuchlar shtablari boshliqlari qo‘mitasi raisi, general Mark Milli Ukraina Prezidenti ma’muriyatining rahbari Andrey Yermak va Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni, general Valeriy Zalujniy o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi, unda Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Amerika harbiy idorasi tarqatgan matbuot xabarida aytiladi.
Hujjatda Sallivan va Milli “Qo‘shma Shtatlar tomonidan Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligi qo‘llab-quvvatlanishini” ta’kidlashdi, deyiladi.
Amerikalik harbiylar Ukrainaga va’da berilgan Havo mudofaasiga qarshi "Patriot” tizimini yetkazib berish muddati to‘g‘risida aytolmaydilar, dedi Sotib olish, logistika va texnologiya bo‘yicha armiya vaziri Duglas Bush haftalik “Defense News” nashriga suhbatda.
“Yaqin paytda Ukraina bu tizimlardan foydalana boshlaydi, ukrainalik mutaxassislarni o‘qitishni boshlaymiz”, dedi vazir.
AQSH maxsus xizmatlari Rossiya rahbariyati Ukraina ziddiyatini atayin cho‘zishmoqda, deb hisoblaydi. “Vaqti bemahal vaziyatga biroz tin berib, uni uzaytirishga erishmoqchi. Vaqt va mojaro cho‘zilishi rossiyaliklar foydasiga”, dedi AQSH maxsus xizmatlar muvofiqlashtiruvchisi Evril Xeynz.
Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel YeI mablag‘lari hisobidan Ukrainaga qurol-aslaha sotib olish uchun 1 milliard yevro ajratish taklifini kiritdi. Bu taklifni u Stokgolmdagi YeI mudofaa vazirlari yig‘ilishida aytgan.
G‘arb mamlakatlari Ukrainaga harbiy yordam berishdagi birdamlik uchun “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim -2” gaz quvurlari qo‘poruviga aloqador ukrainalik tadbirkorning ismini oshkor etmaydi. Bu haqda Britaniyaning “The Daily Telegraph” o‘z manbalariga asosolanib yozib chiqdi.
Nashrga ko‘ra, tadbirkorning ism-sharifi tahririyatda bor.
7 mart kuni “The New York Times”amerikalik manbalarga tayanib, AQSH hokimiyati bilan kelishmasdan gaz quvurlarini “ukrainaparast guruh” portlatgan, degan g‘oyani ilgari surib chiqqan.
Chexiya hukumati Ukrainaga harbiy politsiya ekspertlarini jo‘natish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Ular mamlakatda harbiy jinoyatlarning tergovi ishida qatnashadi, deb xabar berdi “CTK” agentligi.
“Harbiy politsiyachilar Gaagadagi xalqaro jinoyat sudi bilan kelishilgan holda Ukraina va Niderlandiyaga boradilar. Ularning mandatini mamlakat parlamenti 2024 yil oxiriga tasdiqlab berishi kerak”, deyiladi xabarda.
Polsha Kiyevga “MiG-29” qiruvchi o‘chog‘ini yetkazib berishga tayyor, deb bayonot berdi Prezident Andjey Duda “CNN” telekanaliga bergan intervyusida.
“Kelajakda Ukraina “F-16”lardan ham foydalanadi, deb qo‘shimcha qildi u.
Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashakning ma’lumot berishicha, hafta oxirigacha Ukrainaga va’da qilingan 10 tadan ikkita “Leopard 2” tankini yetkazib beradi.
Germaniya ham ukrainalik mutaxassislarning o‘qishi tugashi bilan “Leopard 2” tanklarini yuborishni boshlaydi, dedi Mudofaa vazirligi vakili.
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning bayonotiga ko‘ra, Vashingtonning ko‘rsatmasiga binoan Kiyev uning mamlakatini Ukraina inqiroziga jalb qilmoqchi.
“Ular bu maqsadlariga hech qachon yetisholmaydi”, prezidentdan iqtibos keltirdi “BelTA” agentligi.
Ukraina atrofidagi ziddiyat mintaqaviy xarakterga ega, ammo uning oqibatlari butun dunyoda, xususan, oziq-ovqat yetkazib berilmasligidan aziyat chekayotgan kambag‘al davlatlarda sezilmoqda. Bu haqda Vengriya Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto bayonot bergan.
Abror XON,
O‘zA