Navqiron qalblarda Vatan tuyg‘usi
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik sport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik sport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.Navqiron avlod qalbida Vatanga tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qiluvchi tadbir O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi viloyat boshqarmasi, shahar hokimligi, Yoshlar ittifoqi Namangan shahar kengashi hamkorligida tashkil etildi.
Ishtirokchilar harbiylashgan estafeta, turnikda tortilish, armrestling, granata uloqtirish, stol tennisi, arqon tortish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Umumjamoa hisobida 58-umumta’lim maktabi jamoasi g‘olib bo‘ldi. 15-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ikkinchi va 43-umumta’lim maktabi yoshlari uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.


