Harbiy-vatanparvarlik festivali
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Andijon garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan Shahrixon tuman markazida “Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.
Festival doirasida yurt himoyachilaridan iborat harbiy-vatanparvarlik karvonining faxriy qorovul chiqishlari namoyish etildi. Harbiy orkestrning jarangdor kuy-sadolari hamda Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlari esa yurtdoshlarimiz qalbida ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qildi.
[gallery-21121]
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA