Mamlakatimizda xalq dardini eshitish, muammo va murojaatlarini hal etishning yangicha usuli bo‘lmish “Mahallabay” ishlash tizimi aholiga yordam berishda samarali yo‘l ekanligi o‘z isbotini topmoqda.

Olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholining salomatligini saqlash, ularga samarali tibbiy muolaja va maslahatlar berish maqsadida bugun Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiyot soha xodimlari ham safarbar etilib, joylarda yurtdoshlarimizni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.

Jumladan, Nukus harbiy gospitali shifokorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiyot mutaxassislari bilan hamkorlikda Nukus shahridan 150 km. olisda joylashgan Mo‘ynoq tumanidagi “Ali-ovul” ovulida aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.

Ovulning yoshu qari ahli nevropatolog, jarroh, lor, terapevt, ginekolog, dermatolog, okulist kabi malakali mutaxassislarning ko‘rigidan o‘tib, EKG hamda ultratovush tekshiruv apparatida tekshirildi. Nukus harbiy gospitalining mobil laboratoriyasida esa fuqarolar bir necha daqiqada qon tahlili bilan tanishish imkoniga ham ega bo‘ldi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 31-sonli oilaviy poliklinikaning yangi binosidan foydalanildi.

100 nafardan ziyod aholining salomatligi tekshirilib, ulardan 4 nafariga tuman tibbiyot birlashmasida statsionar hamda 52 nafariga ambulator sharoitlarda davolanish uchun yo‘llanma berildi.

Shuningdek, tibbiyot soha xodimlari og‘ir ahvolda yotgan hamda jismoniy imkoniyati cheklangan o‘nlab vatandoshlarimiz xonadonlarida bo‘lib, ularning ham salomatligidan xabar olishdi.

– Qandli diabet kasalligi tufayli o‘tgan yilning oktyabr oyida o‘ng oyog‘imning tizzasidan amputatsiya qilishdi, – deydi Alpomish Uzaqbayev. – Shifokorlarga katta rahmat eng chekka hududga kelib, ovulimiz ahlini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazyapti. Sovuq kunda ko‘chaga chiqa olmayman. Shifokorlar oldimga kelib, holimdan xabar olishdi, tibbiy uskunalar bilan tekshirishdi. To‘g‘risini aytsam, og‘rib yotib qolganimdan beri tuman shifoxonasiga borolmay turgandim. Mushkulim oson bo‘ldi, bundan judayam xursandman.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy shifokorlar Orolbo‘yi hududlarida aholiga xizmat qilmoqda