Harbiy prokuratura bog‘ barpo etdi
Sirdaryoda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tadbirlar amalga oshirilyapti. Guliston harbiy prokurori Farrux Jumayev tashabbusi bilan Sirdaryo tumanidagi harbiy qismda "Guliston harbiy prokuraturasi bog‘i" tashkil etildi. Harbiy xizmatchilar hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar qism hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirdi.
Bunda hududning iqlimiga mos, kam suv talab qiladigan daraxt ko‘chatlari va qalamchalari tanlanib, ularning rivoji uchun zarur agrotexnik tadbirlar ham bajarildi.


Mazkur tadbirga 30 nafardan ortiq shaxsiy tarkib jalb etilgan holda 600 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chati, 2600 dan ortiq qalamcha ekildi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri