Harbiy pedagogik seminar bo‘lib o‘tdi (+video)
Bugungi kunda harbiy pedagogika qurolli Kuchlar tizimida muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Uning ob’ekti harbiy xizmatchi va harbiy jamoa hisoblanib, predmeti harbiy pedagogik jarayon, ta’limning pedagogik qonuniyatlari, harbiy tarbiya, ta’lim, harbiy xizmatchilar va jamoani jangovar vazifalarni va xizmat vazifalarini a’lo darajada bajarishga tayyorlashdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida O‘quv-uslubiy bo‘lim xodimlari tomonidan pedagogik sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun navbatdagi seminar tashkil etildi.
Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, IIV Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi, vazirlik 1-son va 2-son Akademik litseyi o‘qituvchilari, metodistlari hamda ilmiy xodimlar ishtirok etdilar.
Seminar doirasida ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy talablarga javob beradigan yondashuvlarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan bir qator dolzarb mavzular muhokama qilindi. Jumladan, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish, o‘quv-metodik materiallar sifati va mazmunini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqotlar salohiyatini kengaytirish, ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan o‘zaro tajriba almashish, muammoli holatlar bo‘yicha fikr almashish va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan bunday tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Zero, harbiylarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali, avvalo ular zimmalariga yuklatilayotgan murakkab va mas’uliyatli vazifani butun mohiyati ila chuqur anglashlari, unga o‘zlarining hissalarini qo‘shishlari lozim. Vatanni sevish, unga mehr-muhabbat qo‘yish bevosita har kimning shu yurt ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan bunyodkorona ishlari bilan belgilanadi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/5_jYZ3KZN24?si=kUe4QxV7yX2Fm4rQ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov, O‘zA