Harbiy jamoalarda gender tengligi tamoyillari mustahkamlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada Qurolli Kuchlar tizimida ham xalqaro standartlar va milliy qonunchilik talablari asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugida jamoatchilik nazorati doirasida gender tengligi, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash, shuningdek, xalqaro standartlarga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda okrug kadrlar bo‘limi mas’ullari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi hamda kasaba uyushmasi vakillari ishtirok etdi.
[gallery-29905]
Uchrashuvda gender tengligi tamoyillarining mazmun-mohiyati, xizmat faoliyatida harbiy xizmatchilar va xodimlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mehnat jamoalarida sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Mutaxassislar tomonidan milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalarida belgilangan talablar yuzasidan tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarning savollariga javob qaytarildi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA