Har qarich yer — barqaror daromad manbai
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Pop tumanining olis hududida joylashgan Nayman mahallasi aholisi tomorqadan samarali foydalanib, barqaror daromad manbaini yaratayotgani bilan e’tiborga sazovor.
Mahallada har bir xonadon o‘z tomorqasining har qarichidan unumli foydalanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish orqali iqtisodiy samaraga erishmoqda.
Jumladan, Mamataliyevlar xonadonida handalak, karam, pomidor va boshqa turdagi ekinlar yetishtirilib, o‘tgan yilda 100 million so‘mdan ortiq daromad olingan.
— Kundalik ehtiyojlardan orttirgan mablag‘ hisobidan “Labo” rusumidagi avtomobil xarid qildim. Bu mehnatimni yengillashtirdi. Bu yil ham mo‘l hosil olishni rejalashtirganmiz, - deydi xonadon sohibi Tojiboy Mamataliyev.
[gallery-28425]
Nayman mahallasida tomorqachilikni samarali yo‘lga qo‘ygan aholi nafaqat o‘z ehtiyojini ta’minlamoqda, balki mahalliy iqtisodiyot rivojiga ham munosib hissa qo‘shmoqda.
Bu yerda mehnat va tadbirkorlik uyg‘unligi aholi turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA