Hamyurtlarimizdan medallar shodasi
Poytaxtimizda davom etayotgan 64 va 100 katakli shashka bo‘yicha Osiyo chempionatida dastlabki g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Poytaxtimizda davom etayotgan 64 va 100 katakli shashka bo‘yicha Osiyo chempionatida dastlabki g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Musobaqaning 64 katakli shashka bo‘yicha blits va rapid yo‘nalishlarida hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Kattalar o‘rtasida blits yo‘nalishidagi bahslarda hamyurtimiz Alisher Ortiqov yetti partiyada 13 ochko jamg‘arib shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi. O‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Laziz Muraliyev, Ozodbek O‘rmonaliyev, Husniddin Jiyanboyev, Saidqosim Aliyev kumush, Islom Karimov, Shahzod Qobilov, Mirzobek Rofiyev bronza medal bilan taqdirlandi.
Xotin-qizlar o‘rtasida Laylo Toshpo‘latova, Vasfiya Berdiqulova, Shahzoda Tursunmurodova, Nigina Murodova, Nina Kim o‘z yosh toifasida birinchi o‘rinni egalladi. Zebiniso Mamasoliyeva, Zebiniso Toshpo‘latova, Mohinur Umarova, Iroda Tursunqulova kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Faxriylar o‘rtasidagi bahslarda hamyurtimiz Abduqodir Toshtemirov birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Mamasoli Teshaboyev bronza medaliga loyiq deb topildi.
Kattalar o‘rtasida rapid yo‘nalishida Samandar Kalonov kumush, Alisher Ortiqov bronza medalni qo‘lga kiritdi. O‘smirlar va yoshlar o‘rtasida qatnashgan Laziz Muraliyev, Ozodbek O‘rmonaliyev, Islomjon Karimov, Shahzod Qobilov, Saidqosim Aliyev Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Abror Oltiboyev, Hoshimjon Ergashev ikkinchi, Abduvohid Abdujabborov, Sherdor Rahimjonov, Muhammadyusuf Toshtemirov uchinchi o‘rinni egalladi.
Xotin-qizlar o‘rtasida Laylo Toshpo‘latova, Shahzoda Tursunmurodova, Sayyora Yo‘ldosheva o‘z yosh toifasida birinchi o‘rinni egalladi. Zebiniso Toshpo‘latova, Nina Kim kumush, Zebiniso Mamasoliyeva, Sarvinoz Hasanova, Nigina Bozorova bronza medal bilan taqdirlandi.