Hamrobekovning “Traktor”i navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.
Eron Pro-ligasining 6-turida “Traktor” o‘z maydonida “Gol Gohar”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona gol 43-daqiqada Amirhossein Hosseinzadeh tomonidan kiritildi.
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Traktor” Eron chempionati turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. Jamoa mavsumdagi oltita uchrashuvning beshtasida g‘alaba qozongan.