Hamkorlikda loyihalar amalga oshiriladi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Bosh prokuratura akademiyasi o‘rtasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish doirasida yoshlarning bilim va malakasini oshirish, bu borada ilmiy tadqiqotlar olib borish, mamlakatimizdagi ijtimoiy-huquqiy islohotlar jarayonida yoshlarning ishtirokini yanada faollashtirish maqsadida memorandum imzolandi.
Tadbirda Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Akmal Jumaboyev, Bosh prokuratura akademiyasi boshlig‘i Yevgeniy Kolenko, yoshlar, akademiya tinglovchilari, OAV xodimlari ishtirok etdi.

Endi birgalikda bir qator loyihalar amalga oshiriladi.
Mohigul Qosimova, O‘zA