Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Toşkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida oliy darajadagi uçraşuv bölib ötdi. Tadbir transmilliy taʼlimni rivojlantiriş hamda Özbekiston va Buyuk Britaniya örtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga bağişlandi.
Britaniya Kengaşi bilan hamkorlikda taşkil etilgan uçraşuvda Kengaş boş direktori Skott Makdonald, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, transmilliy taʼlim dasturiga hamkor bölgan universitetlar vakillari, akademik hamjamiyatlar rahbarlari, şuningdek, oliy taʼlim muassasalari bitiruvçilari iştirok etdi.
Tadbirda milliy taʼlim tizimini isloh qiliş, taʼlim sifatini oşiriş va xalqaro miqyosda raqobatbardoş OTMlarini rivojlantirişda şeriklikning örni alohida körib çiqildi. Britaniya Kengaşi buyurtmasi asosida tayyorlangan «Buyuk Britaniya va Özbekiston hamkorligi doirasida transmilliy taʼlim sifatini taʼminlaş» nomli tadqiqot hisobotining taqdimoti tadbirning muhim voqealaridan biri böldi. Unda mamlakatimizda taʼlim sifatini taʼminlaş va Britaniya akademik standartlarini joriy etiş mexanizmlari çuqur tahlil qilingan.
[gallery-32422]
Toşkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori doktor Komiljon Karimov va Skott Makdonald ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş va xalqaro aloqalarni rivojlantiriş muhimligini qayd etdilar. Tadqiqot natijalarida British Management University, TEAM University, UDEA, PTU va IAU kabi hamkor oliy taʼlim muassasalarining amaliy tajribasi ham öz ifodasini topdi.
Iştirokçilar tadqiqot tavsiyalari, taʼlim sifatini taʼminlaş mexanizmlari, universitetlararo şeriklikni mustahkamlaş va professor-öqituvçilar tarkibini rivojlantiriş kabi masalalarni muhokama qildilar. Tadbir sönggida Britaniya universitetlari va transmilliy taʼlim dasturlari bitiruvçilari özlarining amaliy tajribalari bilan örtoqlaşdilar.
Oraş Akaboyev,
Öktam Xayitov (foto), ÖzA