Hamkorlarimiz xabarlari
Qozogʻistonda yaqinda Tesla elektromobil avtomobillarining akkumulyatorlarini elektr quvvati bilan zaryadka qiladigan stansiya ochiladi.
Qozogʻistonda yaqinda Tesla elektromobil avtomobillarining akkumulyatorlarini elektr quvvati bilan zaryadka qiladigan stansiya ochiladi.
Bu haqda kosmosga tik uchib tik qoʻnadigan kosmik kemalarini yaratayotgan Tesla Motors kompaniyasining boshligʻi Ilon Mask eʼlon qildi.
Los-Andjelesda Tesla Model Y markali elektr quvvati bilan yuradigan yangi elektromobiliningtaqdimoti boʻlib oʻtdi. Tesla kompaniyasi Londondan Pekinga – Magʻribdan Mashriqqa qadar elektr zaryadkasi bilan shugʻullanadigan Supercharger stansiyalarining global tarmogʻini yaratish rejasi bilan tanishtirdi. Taqdimot tadbirida qatnashayotgan qozogʻistonliklar mashhur kompaniya boshligʻiga Qozogʻistonda eleketromobillarni zaryadka qiladigan stansiya ochishini taklif qildi. Taklifga javoban kompaniya rahbari “Qozogʻistonda bizni qoʻllab-quvvatlaydigan odamlarimiz bor va biz tez kunlarda u yerda Supercharger stansiyalarini quraboshlaymiz”, dedi.
***
Al-Farobiy nomidagi Qozogʻiston Milliy universitetida “Raqamli Qozogʻiston” davlat dasturini amalga oshirish yuzasidan mutaxassislar tayyorlash boʻyicha ikkidiplomli Smart City innovatsiya dasturi ishga tushirildi. Oliy oʻquv yurtlariningSmart City xalqaro konsorsiumi aʼzosi boʻlgan Al-Farobiy nomidagi Qozogʻistonning bu yirik universitetida Yevropa Ittifoqining Oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikda ERASMUS+ loyihasi asosida “Aqlli shahar axborot texnologiyasi” mavzuida magistrlik dasturini yaratish ustida ilmiy-tadqiqot ishlari boshlab yuborildi.
***
Qozogʻiston Milliy universitetida buyuk turk faylasufi Al Farobiyning ruhiy-maʼnaviy va texnologik platformaga asoslangan baxtli jamiyat qurish haqidagi falsafiy dunyoqarashiga bagʻishlanganal-Farabi University Smart City ilmiy-innovatsiya loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bu loyiha “Universitet 4.0” nomi ostida yaratilayotgan oliy oʻquv yurtlarini yangi modelining tarkibiy bir qismidir. Kozogʻiston Milliy universiteti shu kunda harakatda boʻlgan 30 dan ortiq xalqaro Erasmus+ dasturida ishtirok etib Qozogʻiston universitetlari orasida ilmiy tadqiqot ishlari boʻyicha birinchi oʻrinda bormoqda.
***
“Qazaq Air” aviakompaniyasi xalqaro aviayoʻnalishlari boʻyicha uchish huquqini qoʻlga kiritdi. Shunday qilib aviakompaniya yozgi-kuzgi dam olish oylarida - Bishkek, Osh, Atыrau, Astraxan, Mineralnыye Vodы, Tbilisi, Aktau, Groznыy, Ust-Kamenogorsk kabi koʻplab davlat va shaharlarga uchish imkoniyatiga ega boʻldi.
“Qazaq Air” aviakompaniyasixavfsizlik boʻyicha jahon standartlariga javob beradigan IOSA sertifikatiga ham saozovor boʻldi.
***
Mamlakatni sanoatlashtirish davlat dasturi boʻyicha bu yil Qozogʻistonda 120 industrial loyiha tayyorlanib topshiriladi. Bu loyiha asosida 20 ming doimiy yangi ish joylari tashkil qilinadi. Ushbu maqsadda 2019 yilgi davlat byudjetidan 1,1 trillion tenge ajratiladigan boʻldi.
Qurilishi rejalashtirilayotgan korxonalar orasida Qaragʻanda viloyatida ferrosilitsiya ishlab chiqarish zavodi qurilishi uchun 30,6 milliard tenge, Aktoʻba viloyatida keramo-granit va keramika plitalari ishlab chiqaradigan zavod uchun 6,9 milliard tenge ajratiladi.
“Kazinform” xalqaro
axborot agentligi
Tojikiston. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Xatlon viloyati Vaxsh tumanidagi “Boʻston-2010” imkoniyati cheklangan jamiyat paxta dalasida chigit ekish ishlariga start berdi.
Bu jamiyatda yalpi ekin maydonining 26 gektarida paxta yetishtiriladi. Mutaxassislarning taʼkidlashi boʻyicha bu yil chigit ekish, paxta yetishtirish uchun ob-havo ancha qulay kelayapti. Demak, hosil ham yaxshi boʻlishiga umid qilinmoqda. Har gektar yerdan paxtaning “Xatlon-2014” navidan 35 sentnerdan tortib 40 sentnerga qadar “oq oltin” yetishtirish rejalashtirilmoqda.
***
Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Xatlon viloyati boʻylab ishchi safarida Nosir Xusrav nomidagi Davlat universitetining yangi siyosat va davlat boshqaruvi fakultetining ochilish marosimida ishtirok etdi.
“Nosiri Xusrav nomidagi Boxtar Davlat universiteti” Xatlon viloyatidagi yuqori malakali mutahassislar tayyorlaydigan eng yirik oʻquv dargohidir. Shu kunda bu yerda 586 talaba tahsil olmoqda, shundan 420 nafari shartnoma asosida, talabalarning katta qismi Prezident kvotasi asosida oʻqimoqda. Universitetda shuningdek, Afgʻoniston Islom Respublikasi, Oʻzbekiston kabi xorijiy davlatlardan kelgan 111 talaba tahsil olayapti.
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon “Nosir Xusrav nomidagi Boxtar Davlat universiteti”da 4 ming joyga ega boʻlgan sport kompleksini foydalanishga topshirish marosimida ham qatnashdi.
***
Bugun 27 mart kuni dunyoning koʻpchilik davlatlarida Umumjahon teatr kuni nishonlanmoqda. Tojikistonda 18 teatr ishlab turibdi, shundan 6 tasi mamlakat poytaxti Dushanbeda faoliyat koʻrsatmoqda.
Hozir Tojikistonda Markaziy Osiyodagi eng katta milliy teatr qad koʻtarmoqda. Mazkur haqiqiy sanʼat saroyining ochilishi bilan tomoshabinlarning boshqa hech bir tomosho bilan qiyoslab boʻlmaydigan teatr sanʼatidan bahramand boʻlish imkoniyatlari ancha kengayadi. Yangi teatr binosi Tojikiston Milliy bayrogʻi muzeyi yonidagi madaniyat va istorixat bogʻi qoshida qad tiklamoqda. Teatr binosi Ovroʻpo uslubi qiyofasida barpo etilayapti.
Teatr besh qavatli boʻlib, bino balandligi 34, 5 metr, ikkita katta zal, kichik zal, grim, niqob-maska qilish kabi koʻplab yordamchi xonalar, bosh korpusda 2 ming 500 kishiga boʻljallangan katta zal, ikkinchi qavatda 1 ming 200 kishiga, uchinchi qavatda esa ming kishiga moʻljallangan zallar boʻladi. Saxna oldidagi orkestr yertoʻlasi, repititsiya xonalari, yuqori qavatlarda koʻrgazma va badiiy zallar, ustaxonalar, saxnada qoʻyiladigan asar matnini oʻqish xonalari, podvalda 250 avtomashina sigʻadigan toʻxtash joyi boʻladi.
Teatr binosining loyihasi – zal, sahna, porter, qandillaru balkonlar, akterlar xonalarning joylashishi, ularning milliy bezagi tojikistonlik mahalliy meʼmorlar tomonidan 5 yil mobaynida yaratildi.
“Xovar” Tojikiston
Milliy axborot agentligi
Qirgʻiziston.Qirgʻizistonning investitsiyalarni himoya qilish va ulardan foydalanish Agentligi Rossiyaning “Ruselprom” energotexnika konserni bilan 1,5 milliard AQSH dollariga memoranduyem imzoladi. Hujjatga Qirgʻiziston-Rossiya hududlararo konferensiyasida qoʻl qoʻyildi.
Memorandumda gidroenergetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish haqida gap boradi. Ayni bir paytda ham kichik ham katta gidroeletrostansiyalar qurish ham koʻzda tutilgan. Yaqin kunlarda Qirgʻizistonga Rossiya Federatsiyasidan ishchi guruhi kelishi kutilmoqda. Memorandumni amalga oshirish boʻyicha yoʻl xaritasi ustida ish olib borilayapti.
***
Qirgʻizistonning “Djeruy” yangi konida ishlarni boshlab yuborish uchun 535 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratiladigan boʻldi. Bu haqda USH Qirgʻiziston-Rossiya hududlararo konferansiyasida imkoniyati cheklangan “Alyans Altыn” OsOO korxonasining bosh direktori Mixail Shubin maʼlum qildi.
Loyihaning qiymati 273 million dollar, shundan hozirgacha 92 million dollari sarflangan. Bu yil yana 180 million dollar mablagʻ oʻzlashtirilishi koʻzda tutilgan.
“Kabar” Qirgʻiziston
Milliy axborot agentligi
Turkmaniston. Pekin shahridagi Xitoy neft universitetida Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumining prezentatsiyasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda universitetning professor-oʻqituvchilari, xitoylik va turmanistonlik olimlar, talabalar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillariishtirok etdilar.
Shundan soʻng Turkmanistonning Xitoydagi elchisi Paraxat Durdiyev shu yil 19 avgustda “Avaza” Milliy turistik zonasida oʻtadigan Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.
Tadbirda Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumiga hamda Turkmanistonning turistik salohiyatiga bagʻishlangan videoroliklar namoyish etildi.
Tadbir yakunida turkmanistonlik sanʼat ustalari ijrosida kushtdepdi raqsi namoyish etildi.
***
Turkmanistonning sport va turizm Milliy institutida 2020 yilda Tokioda oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan Tashkiliy komissiyaning kengaytirilganyigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Mamlakatning olimpiya shahri deb yuritiladigan “Avaza” Milliy turistik zonasida turkmanistonlik sportchilarning Yaponiyada oʻtadigan Olimpiadaga tayyorgarlik koʻrishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Gruziya, Ukraina, Rossiya Federatsiyasidan dzyudo, boks, erkin kurash va ogʻir atletika boʻyicha tajribali trenerlar taklif qilingan.
Olimpiada–2020da qatnashish huquqini qoʻlga kiritish uchun turkman atletlari 30 turdan ortiq xalqaro sport musobaqlarida qatnashishlari rejalashtirilgan. Tayyorgarlik jarayonida ular shuningdek, bir qator xorijiy davlatlardagi 20dan ortiq oʻquv-mashgʻulotlarida kuch sinashadilar.
Turkmaniston davlat
axborot agentligi