Jahon matbuoti O‘zbekiston haqida

Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasiga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi.

Mazkur tarixiy voqea arafasida poytaxtimiz Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 26-yig‘ilishida, jumladan, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev ham ishtirok etgan edi. O‘sha kuni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri fursatdan foydalanib qardosh davlat tashqi siyosat idorasi raxbari bilan eksklyuziv intervyu uyushtirdi va Kulubayev suhbat davomida mamlakatimiz yetakchisining Bishkekka bo‘lajak tashrifiga alohida e’tibor qaratdi.

Diplomatning ikki davlat rahbarlari muzokaralari ahamiyati, dolzarbligiga urg‘u berilgan video formatdagi mazkur intervyusi O‘zA veb-resurslarida tezkor e’lon qilindi.

Mazkur suhbat ko‘plab xorijiy ommaviy axborot vositalari e’tiborini tortdi. Jumladan, TIV rahbarining fikrlari hamkorimiz, Qirg‘izistonning yetakchi rasmiy axborot agentligi – “Kabar” sahifalaridan ham joy oldi. Ushbu materialning elektron va video shakli agentlik internet sahifalarida qirg‘iz, rus, ingliz va boshqa tillarda keng yoritildi.

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorimiz – “Kabar” e’tirofi