Halol mehnat – farovon jamiyat garovi (+video)
Jahon iqtisodiyotida kechayotgan beqaror vaziyat, mamlakatlar o‘rtasida bir-biriga nisbatan qo‘llayotgan iqtisodiy sanksiyalar bilan bog‘liq xatarlar, har xil moliyaviy va boshqa cheklovlar nafaqat shu mamlakatlar, balki qo‘shni davlatlar iqtisodiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Bunday o‘ta murakkab ayni vaziyatda, iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashda, avvalo, mamlakat ichki imkoniyatlaridan keng foydalanish, iqtisodiy rivojlanishga salmoqli salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan xufyona iqtisodiyotga qarshi murosasiz kurashish, ular faoliyatini qonuniylashtirish har qachongidan ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Markaziy devoni va Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruhi tomonidan Toshkent shahridagi Yunusobod va Shayxontohur tumanlarida joylashgan bozorlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga qaratilgan amaliy tadbirlar izchil ravishda davom ettirilmoqda.
Xufyona iqtisodiyot taraqqiyot yo‘limizdagi to‘siq ekanligi, tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan qonunlarga zid ravishda shug‘ullanish holatlari ko‘payishi ham taraqqiyot uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligi, ayni haqiqat.
Xulosa qilganda, Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va unga qarshi kurashishda “Halol mehnat – xotirjam hayot va farovon jamiyat garovi”, degan shior asosida bu boradagi ishlar umummilliy harakatga aylantirilishi lozim.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/PNOhj9Bg5OA" title="Halol mehnat – farovon jamiyat garovi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA