“Haj” ziyoratiga yuborish evaziga 26 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlandi
Har yili mamlakatimiz fuqarolarining muqaddas Islom dinining asosiy farzlaridan biri hisoblangan Haj amalini xavfsiz va to‘la-to‘kis ado etishlari uchun respublika hukumati tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi.
“Haj” tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj vazirligi o‘rtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi.
Lekin, ayrim shaxslar ishonuvchan fuqarolarni aldab, katta pul evaziga ularni Saudiya Arabistoniga olib borish bo‘yicha turli xil shubhali takliflarni bildirishlari ham kuzatiladi.
Jumladan, Namangan shahrida yashovchi, 1984 y.t. shaxs Chust tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroni “Haj-2026” mavsumida islom dinining asosiy farzlaridan birini ado etish uchun noqonuniy yo‘llar bilan Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga 26 ming AQSH dollari talab qiladi.
DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida Chust tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 6 ming AQSH dollariнi olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda firibgarlar muborak Haj safariga yuborish bo‘yicha turli xil takliflar bildirishsa DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.