Gvardiola: Jang endi boshlandi!
Xabaringiz bor, kecha “Manchester Siti” mehmonda “Everton”ni 0:2 hisobida magʻlub etib, Angliya Premyer-ligasida birinchi oʻringa koʻtarilib oldi.
Xabaringiz bor, kecha “Manchester Siti” mehmonda “Everton”ni 0:2 hisobida magʻlub etib, Angliya Premyer-ligasida birinchi oʻringa koʻtarilib oldi.
“Shaharliklar” uchun ushbu oʻrin vaqtincha boʻlishi mumkin. Chunki hali mersisaydning boshqa bir klubi “Liverpul” mazkur turdagi oʻyinini oʻtkazganicha yoʻq. Bu esa “Manchester Siti”ga birinchi oʻrin “omonat” ekanligini anglatadi.
Mankunianliklar bosh murabbiyi Gvardiolaning soʻzlariga koʻra, u jamoasi birinchi oʻrinda ekanligidan oʻzini boshqacha his etmoqda.
“Birinchi oʻrinda boʻlish yaxshi. Balki juda yaxshi. Bu ajoyib hissiyot. Yaqinda “Liverpul” bilan oramizdagi farq 10 ochko boʻlishi mumkin edi. Lekin biz oʻzimizni qoʻlga oldik. Oʻylaymanki, jang endi boshlandi!”, deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib oʻtamiz, ikkinchi oʻrinda borayotgan “Liverpul” hisobida ham 62 ochko bor. Faqat gollar nisbati hisobiga ular “Siti”dan keyingi oʻrinda borishmoqda. Yurgen Klopp shogirdlari 26 turni 9 fevral kuni “Bornmut”ga qarshi oʻz uylarida oʻtkazadi.