Guruhdoshimiz Kolumbiya o‘rtoqlik o‘yinida Iordaniyadan ustun keldi
Uchrashuv Kolumbiyaning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Jahon chempionati startiga yaqin barcha terma jamoalar o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazmoqda.
Mundialda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir guruhdan o‘rin olgan Kolumbiya tongda Iordaniyaga qarshi maydonga tushdi. Bellashuv Lotin Amerikasi vakillarining katta ustunligi ostida o‘tdi. Bahsning 41-daqiqasida Xames Rodrigesning uzatmasidan so‘ng Jon Arias to‘pni darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 10-daqiqasida esa Santiago Ariasdan to‘pni qabul qilib olgan Jon zarbada adashmadi va oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 90-daqiqaga kelib, Iordaniya terma jamoasi himoyachisi Amer Jamous kartochka bilan jazolandi. Uchrashuv Kolumbiyaning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.