Grossi: Eron yadroviy dasturini tekshirish mexanizmi ishlamasa, tinchlik shartnomasi “xom xayol” bo‘lib qolaveradi
MAGATE Bosh direktori Rafael Grossi “Associated Press” agentligiga bergan intervyusida AQSH va Eron o‘rtasidagi ehtimoliy kelishuv Islom Respublikasi yadroviy dasturini batafsil tekshirish chorasini ham nazarda tutishi kerakligini aytdi.
– Eron keng ko‘lamli yadro dasturiga ega, – deya ta’kidladi Grossi. – Shuning uchun jarayonda MAGATE mutaxassislari ishtirok etishi shart. Aks holda nizolashayotgan tomonlar faqat xom xayol surib, kelishuvga erisha olmaydi. Yadroviy texnologiya bo‘yicha har qanday kelishuv batafsil tekshiruv mexanizmini talab qiladi.
Nashr MAGATE maxfiy hisobotiga tayanib yozishicha, Tehron agentlikka 2025-yil iyun oyidagi 12 kunlik urush chog‘i Isroil va AQSH tomonidan zarba berilgan yadroviy inshootlarga kirish huquqini bermagan.
S.Rahimov, O‘zA