Limfa tizimida rivojlanayotgan saraton kasalliklarining umumiy nomi sifatida ataluvchi lenfoma ko‘pincha gripp alomatlari bilan boshlanadi, deydi turkiyalik gematologiya bo‘yicha mutaxassis Serdar Bedii Omay.

Doktorning ta’kidlashicha, bu saraton turi bo‘lib, uning davosi bor, agar birinchi bosqichda aniq tashxis qo‘yilsa va zaruriy muolajalar qo‘llanilsa.

Saraton limfa tugunlari, suyak iligi, qon va boshqa limfotsitlarda ko‘payishi mumkin. Ushbu kasallik ba’zi virus infeksiyalari (EBV, OIV, Gepatit C, HTVL-1) va ba’zi bakterial infeksiyalar (Helikobacter Pylori) va immunitetning pasayishi natijasida rivojlanishi mumkin.

Tananing ma’lum qismlarida bir yoki bir nechta shishgan limfa tugunlarining paydo bo‘lishi eng ko‘p tarqalgan simptom hisoblanadi. Shifokor Serdar Omayning ta’kidlashicha, bu tugunlar bo‘yin, ko‘krak qafasi yuqori qismida, qo‘ltiq osti qismida yoki qorinda og‘riqsiz shishlar orqali paydo bo‘ladi. 

Shishgan limfa tugunlari yo‘tal, nafas qisishi, isitma, tunda terlash, charchoq, vazn yo‘qotish, terida qichishish kabi alomatlar beradi. Og‘riqsiz limfa tugun paydo bo‘lganda, isitma va vazn yo‘qotish hollari kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Doktorning ta’kidlashicha, kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablar hali noma’lum.

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Grippga o‘xshash saraton turidan ehtiyot bo‘ling!