COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘paygani bois, Gollandiya hukumati yozda bir kundan ko‘p davom etadigan musiqa festivallarini bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar berdi.

– Mamlakatda karantin qoidalari 1 sentyabrga qadar uzaytirilishi kerak, 24 soatdan ortiq davom etadigan festivallarga joriy taqiq virusning yangi alomatlarini bartaraf etishga yordam beradi, – dedi Gollandiya Bosh vaziri Mark Ryutte.

Mazkur cheklov kuzgacha Gollandiyada bo‘lib o‘tadigan barcha ommaviy tadbirlarga taalluqli.

Aytgancha, iyul oyi boshida mamlakatda koronavirusning “delta” shtammi bilan kasallanishlar soni keskin ortib ketgan edi. Ammo so‘nggi kunlarda epidemiologik vaziyat barqarorlasha boshlagan.

Shu bois, hukumat Yevropada sayohat bo‘yicha cheklovlarni yumshatgan. Jumladan, Yevropaning aksariyat davlatlari “yashil” (cheklovlar yo‘q) va “sariq” (sayohat qilish mumkin, ammo xavf mavjud) toifalarga ajratilgan.  

Biroq, 8 avgustdan boshlab “sariq” toifaga kiruvchi mamlakatlardan keladigan sayyohlarga emlangani to‘g‘risidagi guvohnoma yoki salbiy PZR testini taqdim etish talab etiladi.

Worldometers statistik saytining xabar berishicha, Niderlandiyada pandemiya boshlanganidan buyon 1,84 milliondan ortiq kishi koronavirusga chalingan.

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gollandiyada bir kundan ortiq davom etadigan musiqa festivallari bekor qilindi