G‘olib jamoa finalga yo‘llanma oldi
Nukusda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa yoshlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, tezkorlik, jamoaviylik va mas’uliyat hissini oshirishga xizmat qildi.
Musobaqada birinchi o‘rinni Nukus shahridagi 31-sonli umumta’lim maktabi, ikkinchi o‘rinni Shumanay tumani ixtisoslashtirilgan maktab, uchinchi o‘rinni Beruniy tumanidagi 54-sonli umumta’lim maktabi jamoalari egalladi.

G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Nukus shahri 31-sonli umumta’lim maktabi jamoasiga 28–31-may kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan musobaqaning final bosqichiga yo‘llanma berildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.