Global ochlik indeksida O‘zbekiston 21-o‘rinni egalladi
Birlashlar millatlar tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi agentligi (FAO) tomonidan 2021 yil uchun Global ochlik indeksida (Global Hunger Index) eng yaxshi deb topilgan mamlakatlar reytingi e’lon qilindi.
Belarus, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Chili davlatlari reytingda eng yuqori pog‘onada bo‘lsa, eng kichik ko‘rsatkichlar Somali, Suriya va Janubiy Sudan mamlakatlarida kuzatilmoqda.Joriy yilda Global ochlik indeksda 116 ta mamlakat ishtirok etdi. Mazkur indeksda O‘zbekiston eng yaxshi deb topilgan.Mamlakatimiz 9 pog‘ona yaxshilanib, 49 ta mamlakat orasida 5,9 ball bilan 21-o‘rinni egalladi. Ma’lumot Global ochlik indeksi rasmiy saytida (globalhungerindex.org/ranking.html) taqdim etilgan.
MDH davlatlari quyidagi o‘rinlarda:
1. Belarus — 1;
2. O‘zbekiston — 21;
3. Rossiya — 25;
4. Gruziya — 27;
5. Qozog‘iston — 28;
6. Ukraina — 29;
7. Armaniston — 32;
8. Ozarbayjon — 33;
9. Qirg‘iziston — 40;
10. Turkmaniston — 48.

Bu indeks har bir mamlakat uchun to‘rtta ko‘rsatkichni jamlash orqali aniqlanadi:
- to‘yib ovqatlanmaydigan aholi ulushi;
- besh yoshgacha bo‘lgan vazni me’yordan past bolalar ulushi;
- besh yoshgacha bo‘lgan bo‘yi me’yordan past bolalar ulushi;
- besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘lim darajasi. O‘tgan yili O‘zbekiston ushbu reytingda 6,7 ball bilan 30-o‘rinda ko‘rsatilgan edi.
O.Pirmonov,
Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi xodimi