Gimnastrada g‘oliblari aniqlandi
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gimnastrada bo‘yicha musobaqaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada barcha shahar va tumanlardan 150 nafar sportchi o‘z mahoratini namoyish etdi.
14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘n nafar qizdan tarkib topgan jamoalar chiqishlarini baholashda artistizm, texnik ijro, originallik va uyg‘unlik mezonlariga alohida e’tibor qaratildi.
[gallery-19476]
Yakuniy natijalariga ko‘ra, Oltinsoy tumani qizlari birinchi o‘rinni
qo‘lga kiritdi. Qumqo‘rg‘on va Sariosiyo tumani
jamoalariga ikkinchi va uchinchi o‘rinlar nasib etdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA