Germaniyada Mers hukumatidan norozilar birlashmoqda
DW xabar berishicha, Germaniya qayta birlashganining 36 yilligi davrida nemislar mamlakat siyosiy rahbarlaridan norozi. Ular sun’iy intellekt, Rossiya va Donald Tramp tufayli yuzaga kelgan muammolar hal etilishiga ishonishmayapti.
3-oktabr – 1990-yil G‘arbiy va Sharqiy Germaniya birlashgan kun nishonlanishi arafasida “Infratest dimap” kompaniyasi 1303 nafar ovoz berish huquqiga ega saylovchi o‘rtasida ushbu voqeaga shaxsiy munosabatini baholash uchun so‘rov o‘tkazdi. Ularning 20 foizi o‘zini sharqiy nemis deb biladi, 44 foizi bu hodisani shaxsiy afzallik deya baholagan. Respondentlarning atigi to‘rtdan biri qo‘shilish ularga sezilmaganini ta’kidlagan.
G‘arbiy germaniyaliklarning yarmidan ko‘pi birlashish shaxsiy hayotga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaganini ta’kidlagan. Qolgan yarmi ikkiga bo‘lingan: 19 foizi birlashish ijobiy natija bergani, 18 foizi esa salbiy holat keltirib chiqarganini aytgan.
Sentyabr oyida Germaniyaning 3 federal shtatida saylov bo‘lib o‘tdi. Hududlardan ikkitasi – sharqiy shtatlarga saylovchilarning umummilliy kayfiyatini tekshirish vositasi sifatida qaraldi. Natija, ayniqsa, Kansler Fridrix Mersning o‘ng markaz Xristian-demokratlar partiyasi uchun umidsiz chiqdi.
A,Mamatov, O‘zA