Germaniya tarixida ilk bor ayol kişi Prezident bölişi mumkin (+video)
Germaniya Kansleri Fridrix Mers mamlakatning navbatdagi Federal Prezidenti ayol kişi bölişi kerak, degan taklifni maʼqulladi. U özi rahbarlik qilayotgan partiyadan ayol vakilni prezidentlikka yagona nomzod sifatida ilgari surmoqçi. Bu haqda DW xabar berdi.
Uşbu axborotni “Frans Press” agentligi ham Berlinda Xristian-demokratik ittifoq partiyasi hududiy bölimlari rahbarlari iştirokida keçgan yopiq yiğiliş qatnaşçilariga tayanib tasdiqladi.
– Bu lavozimni albatta ayol kişi egallaşi kerak, degan qatʼiy qarorga keldik, – deya Mers yiğilişda aytgan gapni keltirgan naşr.
Maʼlumotga köra, hozirça nomi oşkor qilinmagan nomzod 9-noyabrgaça partiya yiğilişida eʼlon qilinişi kutilyapti.
Mamlakatdagi yirik siyosiy guruh – GFR Sotsial-demokratlar partiyasi ham Mersning qarorini qöllab-quvvatlamoqda.
Avvalroq sobiq Kansler Angela Merkel ham Frank-Valter Ştaynmayyerdan keyin Federal Prezident lavozimiga ayol kişi saylanişi lozimligini aytgan edi.
– Germaniya Federativ Respublikasi 77 yillik tarixida Federal Prezident lavozimini biror marta ham ayol kişi egallamagan, – degan edi u.
Uning fikriça, har bir kişi özidan: “Bu anʼanani özgartiriş vaqti kelmadimikan?” deya söraşi kerak.
Prezident lavozimiga ehtimoliy nomzod sifatida Bavariya federal yeri hukumati rahbari Ilze Aygner taxmin qilinyapti. Şuningdek, daʼvogarlar orasida Bundestag raisi Yuliya Klyokner, taʼlim vaziri Karin Prin hamda “Nasroniy-demokratlar ittifoqi” partiyasi sobiq rahbari Annegret Kramp-Karrenbauer ham bor.
Ştaynmayyer lavozimida ikki muddat işlagani sababli, endi joyini böşatişi şart.
Prezidentni saylaş vakolatiga ega Federal assambleya 2027-yil 30-yanvar kuni Germaniyaning yangi Federal Prezidentini saylaydi.
Kenja Bekjonov, Salimjon Obidjonov (video), ÖzA