Germaniya kansleri Trampga qo‘ng‘iroq qildi (+video)
Germaniya kansleri Fridrix Mers telefon orqali AQSH prezidentini Eron bilan urushni to‘liq to‘xtatish uchun diplomatik harakatlarni davom ettirishga chaqirdi, deb xabar berdi DW nashri.
Eron va AQSH o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilgandan so‘ng, 8-aprel kuni kansler Fridrix Mers AQSH prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali gaplashdi.
Mers o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlab, urushni batamom tugatish uchun muzokaralarni davom ettirish kerakligini aytdi. Shuningdek, bu orqali global energetik inqirozning oldini olish mumkinligini ta’kidladi.
Shuningdek, kansler Hurmuz bo‘g‘ozida kemalar harakati erkinligini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shishini ham bildirgan.
Mersning aytishicha, AQSH va Eron o‘rtasidagi keyingi muzokaralar Eron aholisini himoya qilish va mintaqada xavfsizlikni ta’minlashga yordam beradi. Germaniya bu diplomatik sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful ham o‘t ochishni to‘xtatishni olqishladi. U buni tinchlikka olib boradigan muhim birinchi qadam deb atadi. Shu bilan birga, urush davom etsa, jiddiy oqibatlarga olib kelishi bilan ogohlantirdi.
Nemis kemasozlar uyushmasi ham AQSH, Isroil va Eron o‘rtasidagi kelishuvni qo‘llab-quvvatladi. Ular buni ayniqsa bir necha hafta davomida noaniq sharoitda ishlagan minglab dengizchilar uchun yaxshi xabar deb baholadi.
8-aprelga o‘tar kechasi AQSH va Eron ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. Bu kelishuv Tramp bergan ultimatum muddati tugashiga bir soat qolganda amalga oshirildi. Tramp buni AQSHning to‘liq g‘alabasi deb atadi.
Eron esa bu kelishuvni o‘z g‘alabasi sifatida baholadi va AQSH Hurmuz bo‘g‘ozi ustidan Eron nazoratini tan olganini ma’lum qildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3lIbzea9QT0" title="Germaniya kansleri Trampga qo‘ng‘iroq qildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA