Geosiyosiy raqobat sharoitida xalqaro huquqning ahamiyati (+video)
Turli qurolli to‘qnashuvlar, siyosiy inqirozlar va geosiyosiy raqobat xalqaro munosabatlarning odatiy qoidalarini sinovdan o‘tkazmoqda.
Bu jarayonlarni faqat mavjud ziddiyatlar yoki diplomatik munosabatlar doirasida baholash yetarlimi? Yuzaga kelayotgan murakkab vaziyatlar xalqaro munosabatlarga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda? Bugungi sharoitda xalqaro huquqning o‘rni va ahamiyati qay darajada namoyon bo‘lmoqda? Eng muhimi, bunday o‘zgaruvchan geosiyosiy vaziyatda Markaziy Osiyo davlatlari o‘z mustaqil tashqi siyosiy yo‘nalishini qanday ta’minlamoqda?
Ushbu ko‘rsatuvimizda xalqaro siyosatdagi vaziyat, kuchlar muvozanati va mintaqamiz oldida turgan murakkab tanlovlar xususida siyosiy fanlar doktori, professor Oybek Sirojov bilan suhbatlashdik.
Musulmon Ziyo,
Nishonboy Abduvoitov (video),
O‘zA