Geofizika sohasi fidoyisi
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyati “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali geologiya-geofizika ishlarini istiqbolli prognozlash bo‘limi boshlig‘i Shermuhammad O‘rozmetov qariyb 40 yildan buyon sanoat sohasida samarali mehnat qiladi.
U 1986-yilda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotli muhandis-geolog sifatida ish boshlagan.
[gallery-28091]
Ustyurt tekisligi va Orolbo‘yi mintaqalarida Surgil, Shimoliy Orol, Uchsoy, Sharqiy Berdaq, Shege, Shag‘irli, Inom, Arslon, Qizil sholi va Quyi Surgil kabi 20 dan ortiq gaz va gaz kondensati konlarining ochilishida Shermuhammad O‘rozmetov katta hissa qo‘shgan.
Fidokorona mehnatlari uchun 2022-yil “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan. Bugungi kunda uning 30 nafardan ziyod shogirdi neft va gaz sanoati sohasida turli vazifalarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
O‘tkan 2025-yili O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi arafasida Shermuhammad O‘rozmetov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA