Gandbol: “Olimpiya shaharchasi”da Markaziy Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda (+video)
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” majmuasida gandbol bo‘yicha ayollar va erkaklar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo chempionati qizg‘in va murosasizligi bilan muxlislar e’tiborini tortmoqda.
Chempionatning erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasidagi musobaqalarida mamlakatimiz jamoalari bilan bir qatorda Qozog‘iston, Hindiston gandbolchilari ham o‘z mahoratini namoyish etmoqda.
Erkaklar o‘rtasidagi musobaqaning “A” guruhidan Toshkent viloyatining OKMK, Navoiy viloyati, Qozog‘istonning “Chimkent”, “Astana” va Hindiston-2 jamoalari o‘rin olgan bo‘lsa, “B” guruhida Xorazmning “Ma’mun”, Surxondaryo, O‘zbekiston U-18 terma jamoasi, Hindiston-1 va Qozog‘istonning “Turan” gandbolchilari ishtirok etmoqda.
Qizlar o‘rtasidagi musobaqalarning “A” guruhida O‘zbekiston terma jamoasi, Qozog‘istonning “Astana” va “Chimkent” hamda Navoiy viloyati jamoalari, “B” guruhida mamlakatimizning U-18, OKMK, Qozog‘istoning “Turan-Turkistan” va “Astana yoshlar” jamoalari bahs olib bormoqda.
Markaziy Osiyo chempionati bahslari 5-aprelga qadar davom etadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QD9CfSwxXjE" title="Gandbol: “Olimpiya shaharchasi”da Markaziy Osiyo chempionati o`tkazilmoqda " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>T.Ro‘ziyev, A.Ahmedov (video), O‘zA