Gandbol musobaqasining Respublika bosqichiga start berildi
Mamlakatimizda "Besh tashabbus olimpiadasi", O‘zbekiston kubogi va talabalar o‘rtasida hududiy hamda respublika bosqichi musobaqalari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida ham “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi kubogi” uchun o‘g‘il bolalar o‘rtasida gandbol sport musobaqasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Xususan, musobaqada respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan, hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar o‘rtasida qizg‘in bahslar o‘tkazildi. Musobaqa ishtirokchilari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashib, yuqori natijalarni qayd etish yo‘lida bor mahoratlarini namoyon etdi.

Qayd etilganidek, mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida gandbol sport turini ommalashtirish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA