Xabar berganimizdek, bugun 25 sentyabr kuni gandbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Gonkong vakillarini mag‘lub etib, Ispaniyada o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Iordaniyada zafar quchgan terma jamoamiz a’zolari endi 1-19 dekabr kunlari Ispaniyada o‘tkaziladigan jahon birinchiligida Vatanimiz sharafini himoya qiladi.  

Olamsport saytining xabar berishicha, mazkur jahon chempionatiga tashlangan qur’a natijasiga binoan O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo qit’asining beshinchi jamoasi sifatida "D" guruhidan joy olgan.  

Ushbu guruhda vakilalarimiz bilan bir safda Niderlandiya, Shvetsiya va Puerto-Riko terma jamoalari qayd etilgan.

Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tadigan jahon chempionatida mamlakatimiz gandbolchilari joriy yil 3 dekabrda Shvetsiya, 5 dekabrda Nederlandiya va 7 dekabrda Puerto-Riko jamoalari bilan guruh bosqichida bahslashadi.

T. Ro‘ziyev,

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbol: jahon chempionatidagi raqiblarimiz ma’lum bo‘ldi