“Galatasaroy” Kamavinga uchun 35 million yevro taklif qildi
Biroq “Real” rahbariyati bu summani jiddiy taklif sifatida qabul qilmagan.
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga uchun Turkiyaning “Galatasaroy” klubidan taklif oldi. FotoMaç ma’lumotiga ko‘ra, Istanbul klubi fransiyalik futbolchi uchun 35 million yevro taklif qilgan.
Biroq “Real” rahbariyati bu summani jiddiy taklif sifatida qabul qilmagan. Shu sababli Kamavinganing Madrid klubida qolishi kutilmoqda.
23 yoshli futbolchi yangi mavsumda La Liganing dastlabki uchta uchrashuvida ham maydonga tushdi, biroq gol yoki golli uzatma qayd etmadi.
Kamavinganing “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.