Gʻoliblar aniqlandi
Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va oʻsmirlar sport maktabida Yangi yil bayramiga bagʻishlab maktab ochiq turniri oʻtkazilmoqda.
Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va oʻsmirlar sport maktabida Yangi yil bayramiga bagʻishlab maktab ochiq turniri oʻtkazilmoqda.Sport gimnastikasi va trampolin sport turlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda 100 nafardan ortiq sportchi oʻz imkoniyatini sinovdan oʻtkazdi.
Sport maktab tomonidan tashkil etib kelinayotgan bu turdagi musobaqalar respublikamiz hududlarida ushbu sport turlari bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli sportchilarni kashf etish, seleksiya ishlarini jadallashtirishdan iboratdir.
Odina Gʻulomova, Soliha Tursunboyeva, Jasmina Sobirjonova, Vohid Noʻmonov, Shuhrat Erkinov, Akbar Kabirov, Ilhom Azerboyev kabi yosh gimnastikachilar musobaqada mahorat bobida tengsiz ekanliklarini namoyon etdi.
Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar diplom, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.


