G‘oliblar aniqlandi
Poytaxtimizdagi "Universal jamping" ot sporti klubida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda tajribali chavandozlar bilan birga yosh havaskorlar ham ishtirok etdi.
Poytaxtimizdagi "Universal jamping" ot sporti klubida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda tajribali chavandozlar bilan birga yosh havaskorlar ham ishtirok etdi.Turli balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada A’zam Tolibboyev, Xurshid Olimjonov, Nurjan Tuyoqboyev, Umid Komilov va Oqil Sobirjonov g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Havaskorlar o‘rtasida Bahrom G‘oziyev ikkita oti bilan birinchi va uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Kozim Niyozov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Yoshlar o‘rtasidagi bahslarda Saidamirxon Turg‘unboyev, Nodir Mirsaidov va Mirrauf Odilovning mahorati hakamlar tomonidan yuqori baholandi.