G‘oliblar aniqlandi
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha bolalar o‘rtasida “Toshkent yozi – 2016” turniri yakunlandi.
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha bolalar o‘rtasida “Toshkent yozi – 2016” turniri yakunlandi.O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan mamlakatimizda shaxmatni yanada ommalashtirish, yosh iqtidor egalarini aniqlash va mahoratini oshirish, bolalarning yozgi ta’tilini maroqli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan mazkur an’anaviy turnirda yuz ellikka yaqin yosh sportchi ikki guruhda bahslashdi.
Musobaqaning “A” guruhida to‘qqiz imkoniyatdan 7,5 ochko to‘plagan Maqsad Sapayev birinchi o‘rinni egalladi. To‘qqiz partiyada yetti ochkodan jamg‘argan Ruslan Salayev va Inomjon Shoymurodov ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan joy oldi.
“B” guruhida mag‘lubiyatsiz dona surib, yetti g‘alaba va ikki durang natija bilan 8 ochko to‘plagan Mamarajab Mamarasulov oltin medalga sazovor bo‘ldi. Sirojiddin Mahamatov 7,5 ochko bilan kumush, Kamronbek Qoraboyev 7 ochko bilan bronza medalni qo‘lga kiritdi.