G‘oliblar mamlakat bosqichida
Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kamolot” shaxmat taxtasi” respublika turnirining Namangan viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kamolot” shaxmat taxtasi” respublika turnirining Namangan viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 5 yosh toifasida 120 nafar o‘g‘il-qiz bahslashdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi musobaqada Namangan shahridan Farhod Ergashev, Ibrohim Rahimjonov, Fazliddin Mirzaabdullayev, Hoshimjon Ergashev hamda Ibrohim Parpiboyev o‘z yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Qizlar o‘rtasida To‘raqo‘rg‘on tumanidan Muborak Turg‘unova va Nasiba Ergasheva, Chortoq tumanidan Durdona Turdiyeva, Uychi tumanidan Maftuna Usmonova, Namangan shahridan Munira Mutalliyeva o‘z yosh toifasida birinchi o‘rinni egalladi.
G‘oliblar turnirning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.