G‘ijduvonning sportsevar yoshlari
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Navoiy kon metallurgiya kombinati 5-kon boshqarmasiga qarashli bolalar va o‘smirlar sport maktabi to‘garaklariga hududdagi ko‘plab yoshlar jalb etilgan.
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Navoiy kon metallurgiya kombinati 5-kon boshqarmasiga qarashli bolalar va o‘smirlar sport maktabi to‘garaklariga hududdagi ko‘plab yoshlar jalb etilgan.
Zamonaviy tarzda jihozlangan majmuada voleybol, futbol, boks, kurash sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, boks to‘garagiga qiziqish katta. Bu yerda 60 dan ziyod yoshlar mazkur sport turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.