FVV sohasida xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda
Mamlakatimiz keyingi yillarda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish, xorijiy davlatlar bilan do‘stona hamda o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishmoqda.
Shuningdek, zamonaviy talablar darajasidagi mutaxassislar tayyorlashda xorijning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va bu borada hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ozarbayjon Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi FVV akademiyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida akademiya axborot-resurs markazi, o‘quv-moddiy texnik bazasi va dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi va hamda zamonaviy ta’lim jarayonlari yuzasidan o‘zaro tajriba almashildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA