FUTZAL: Osiyo chempionatiga Yevropa orqali
26-fevral – 8-mart kunlari qoʻshni Turkmanistonda futzal boʻyicha Osiyo chempionati-2020 bahslari oʻtkaziladi.
26-fevral – 8-mart kunlari qoʻshni Turkmanistonda futzal boʻyicha Osiyo chempionati-2020 bahslari oʻtkaziladi.
Unda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Futzalchilarimiz 10-yanvardan Toshkentda mazkur musobaqaga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini boshlagan edi.
19-yanvarga qadar davom ettirilgan yigʻinlardan keyin termamiz Osiyo chempionatidan oldin yakuniy yigʻin va nazorat uchrashuvlarini oʻtkazish uchun Yevropaga – Ozarbayjonga yoʻl olgandi. Futzalchilarimiz Bokuda 4 kunlik yigʻin doirasida mahalliy milliy terma jamoa bilan oʻrtoqlik uchrashuvi tashkil etishni rejalashtirgandi. Kecha mazkur oʻyin boʻlib oʻtdi.
Dilshod Raxmatov, Ixtiyor Ropiyev va Akbar Usmonov tomonidan kiritilgan uchta golga mezbonlar ikkita gol bilan javob bera olishdi xolos. Tarkibida braziliyalik legionerlar toʻp suradigan, Yevropa futzalida yaxshigina obroʻga ega boʻlgan Ozarbayjon termasi hisobni tenglashtirishga harchand urinishmasin buning uddasidan chiqa olmadi.
Ushbu termalar oʻrtasidagi navbatdagi javob uchrashuvi ertangi kunga belgilangan. Va shundan keyin Bahodir Ahmedov ustozligidagi terma jamoamiz qitʼa chempionatida ishtirok etish uchun Ashhabod shahriga yoʻl oladi.

OZARBAYJON — OʻZBEKISTON — 2:3 (0:2).
Gollar: Oliveyra da Nasimento (24), E. Surgali (36) – D. Raxmatov (3), I. Ropiyev (5), A. Usmonov (29).
Oʻzbekiston (dastlabki tarkib): Ravshn Eliboyev, Mashrab Odilov, Dilshod Raxmatov, Akbar Usmonov, Sunnatulla Joʻrayev.
Zaxiradan tushganlar: Rustam Umarov, Anasxon Raxmatov, Ixtiyor Ropiyev, Ilhom Hamroyev, Xusnuddin Nishonov, Ravshan Ismatullayev, Konstantin Sviridov, Javlon Anorov, Abdulla Solixov, Xushnur Erkinov.
Boku yigʻinida ishtirok etayotgan futzalchilar:
Darvozabonlar:
1. Rustam Umarov (AGMK)
2. Ravshan Eliboyev (“Paxtakor”)
Oʻyinchilar:
3. Javlon Anorov (“Maksam-Chirchiq”)
4. Konstantin Sviridov (“Maksam-Chirchiq”)
5. Ilhom Hamroyev (AGMK)
6. Ixtiyor Ropiyev (AGMK)
7. Dilshod Rahmatov (AGMK)
8. Husniddin Nishonov (AGMK)
9. Ravshan Ismatullayev (“Soʻgʻdiyona”)
10. Xushnur Erkinov (“Soʻgʻdiyona”)
11. Anasxon Rahmatov (AGMK)
12. Abdulla Solixov (“Lokomotiv”)
13. Sunnatilla Joʻrayev (“Nasaf”)
14. Akbar Usmonov (AGMK)
15. Mashrab Odilov (AGMK)