Futzal: Oliy liga 11-tur bahslari davom etmoqda
Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida futzal bo‘yicha O‘zbekiston XXIX milliy chempionati Oliy ligasining 11-tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Bugun, 20-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan ikkinchi kungi bahslarda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi Toshkentning “Lokomotiv” klubi bilan, Jizzaxning “BMB PFC” jamoasi Farg‘onaning “Neftchi” klubi bilan, Olmaliqning OKMK jamoasi esa “Surxon” vakillari bilan kuch sinashadi.
Ma’lumot uchun, kecha o‘tkazilgan birinchi kungi o‘yinlarda “Qizilqum” jamoasi “BMB PFC”ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. “Neftchi” va OKMK o‘rtasidagi uchrashuvda esa 2:2 hisobida durang qayd etildi.

Jami 12 ta jamoa ishtirok etayotgan 11-tur bahslari 24-aprelga qadar davom etadi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendes terma jamoaga munosib nomzodlarni saralab olish maqsadida Oliy liga o‘yinlarini bevosita Qarshi shahrida kuzatib bormoqda.
T. RO‘ZIEV, O‘zA