Futbolchilarimiz "CAFA Nations Cup – 2025" g‘olibi
Futbol bo‘yicha "CAFA Nations Cup-2025" turniri nihoyasiga yetdi.
Turnir finalida azaliy raqiblar - O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘zaro raqobatlashdi. Unda terma jamoamiz iroda ko‘rsatib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Poytaxtimizdagi “Olimpiya” stadionida o‘tkazilgan ushbu o‘yinda futbolchilarimiz 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha bo‘limning 119-daqiqasida Hojiakbar Alijonov terma jamoamizga tarixiy g‘alabani keltirgan golga mualliflik qildi.
Tojikistonda o‘tkazilgan "CAFA Nations Cup" turnirining uchinchi o‘rin uchun bahsida O‘mon hamda Hindiston terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Ushbu o‘yinning 56-daqiqasida Yahmadi hisobni ochgan bo‘lsa, 81-daqiqada Singx Kuman muvozanatni tikladi. Penaltilar seriyasida esa hindlar 3:2 hisobida zafar quchdi va kuchli uchlikdan joy oldi.
[gallery-25214]
Ma’lumot o‘rnida: 2023 yilda o‘tkazilgan "CAFA Nations Cup" turnirida ham O‘zbekiston va Eron termalari finalda to‘qnash kelgan va unda eronlik futbolchilar 0:1 hisobida zafar quchib, bosh sovringa ega chiqqan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA