Futbol: Terma jamoamizning ilk g‘alabasi
Bugun, 1 iyun kuni O‘zbekistonda start olgan U23 Osiyo kubogida terma jamoamiz birinchi uchrashuvni muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
Turkmanistonga qarshi bahsda futbolchilarimiz kichik hisobda g‘alaba qozonishdi.
Birinchi taymda darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘limda amalga oshirgan o‘zgarishlar o‘z so‘zini aytdi va zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Ulug‘bek Hoshimov penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 75-daqiqada kiritilgan bu gol bahs yakunigacha o‘zgarmadi va yoshlarimiz 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi.
[gallery-7403]
Guruhimizdagi keyingi juftlikda Eron va Qatar terma jamoalari murosa ko‘chasini tanlashdi. Shu tariqa, Temur Kapadze shogirdlari birinchi turdan so‘ng kvartet peshqadamiga aylanib olmoqda.
Endi O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi o‘yinni 4 iyun kuni Qatarga qarshi o‘tkazadi.
O‘zA